Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Microsoft rasmiy ravishda Windows 11 boshqaruv panelidan voz kechmoqda

Microsoft rasmiy ravishda Windows 11 boshqaruv panelidan voz kechmoqda

Boshqaruv paneli birinchi marta 1985-yilda Windows 1.0 ning chiqarilishi bilan paydo bo‘lgan.

Microsoft yaqin kelajakda Windows boshqaruv panelini (Windows Control Panel) bekor qilish rejalarini tasdiqladi. Birinchi marta "Boshqaruv paneli" dan voz kechish haqidagi mish-mishlar 2011-yilda Windows 8ning chiqarilishi bilan paydo bo‘lgan, ammo hozirgacha dastur mavjud bo‘lib kelgan. Endi Microsoft o‘z veb-saytida birinchi marta kelajakda Windowsdagi "Boshqaruv paneli" dan xalos bo‘lishini e’lon qildi.

Microsoft hozirda o‘zining qo‘llab-quvvatlash bo‘limida aytganidek, endi u Boshqarish panelini yanada zamonaviy va soddalashtirilgan interfeysni taklif qiluvchi Sozlamalar ilovasi foydasiga bekor qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring