Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maxfuza Ro‘yiddinova

«Kema uchun eng xavfsiz hudud – qirg‘oq. Ammo u buning uchun yaratilmagan».

«Ayti»chining o‘ziga bo‘lgan ishonchi ko‘p narsani hal qiladi

«Ayti»chining o‘ziga bo‘lgan ishonchi ko‘p narsani hal qiladi

Foto: "Habr.com"

Shubhasiz, deyarli har birimiz muvaffaqiyatsizdek ko‘ringan  chiqishlarimizni eslay olamiz. Keling, qayta yodingizga solaman,taqdimotni tayyorlab, nutqni mashq qildik ham deylik, lekin boshlanishidan biroz oldin ovoz birdan xiyonatkorona titraydi va so‘zlar esdan chiqib ketadi. Natijada, ba’zi bir bema’ni gaplarni aytamiz... Ayni paytda esa boshqalar minglab konferensiyalarda o‘zlarini yengil va xotirjam tutishadi, hatto hazillashadilar.

Albatta, umuman chiqish qilmaslik ham mumkin, muammo ham bo‘lmaydi. Ammo agar jamoadagi obro‘-e’tiboringizni oshirishni, o‘z nuqtai nazaringizni ishonchli isbotlashni va o‘z g‘oyalaringizni targ‘ib qilishni istasangiz, ko‘plab tipologiyalarga ko‘ra taqdimot ko‘nikmalarini o‘z ichiga olgan muloqot qobiliyatlarini oshirishingiz kerak bo‘ladi. Ushbu maqolada biz buni qanday qilishni iloji boricha aniq ko‘rib chiqamiz.

Kommunikativ ko‘nikmalar qanday shakllantiriladi

Odatda 13 ta asosiy kommunikativ ko‘nikmalar mavjud. Turli manbalarda ularni boshqacha atash, ajratish yoki birlashtirish mumkin, ammo ularning barchasi quyidagi ro‘yxat asosini tashkil etadi:

  • Fikrlarni aniq va tushunarli shakllantirish qobiliyati.
  • Tinglash qobiliyati.
  • Hissiyotlarni boshqarish qobiliyati.
  • Tarmoq bilan ishlash qobiliyati.
  • Muzokaralar olib borish texnikasi va usullariga ega bo‘lish.
  • Intervyu ko‘nikmalari.
  • Ishontirish qobiliyati.
  • Argumentatsiya qilish qobiliyati.
  • Ovoz va nutqqa egalik qilish ko‘nikmalari.
  • Jarayonni boshqarish.
  • Taqdimot ko‘nikmalari.
  • Tomoshabinlar boshqarish.
  • Xarizmaning namoyon bo‘lishi.

Bugun biz ulardan bir nechtasi haqida gaplashamiz. Agar maqola sizga ma’qul kelsa va foydali deb hisoblasangiz, uni yaqinlaringiz bilan bo‘lishing. Shunda biz har bir ko‘nikmaga alohida to‘xtalib, sizga kerakli bo‘lgan tavsiyalarni doimiy berib boramiz.

Bu ko‘nikmalar nima beradi?

O‘ylaymanki, rivojlangan muloqot qobiliyati va yaxshi rivojlangan shaxsiy brend konferensiyalarda yangi muhit, ajoyib imkoniyatlar va aloqalarni ta’minlaydi. Biroq, hamma ham bunga muhtoj emas. Ammo o‘zingizni to‘g‘ri taqdim eta olish qobiliyati boshqa afzalliklarni beradi:

  • Shaxsiy brend shakllanadi, bu albatta ish haqiga ta’sir qiladi.
  • G‘oyalarini amalga oshirishga yordam beradi.
  • Yangi jamoada moslashishda qo‘l keladi.

Endi rivojlangan shaxsiy brendga ega muvaffaqiyatli IT mutaxassislarga e’tibor qarataylik - Ivan Zamesin, Anna Buldakova va boshqalar - ular shunday tug‘ilganga o‘xshaydi. Ammo har birining muvaffaqiyati ortida o‘z ustidagi tirishqoqlik va mashaqqatli mehnat yotadi. Misol uchun, Ivan Zamesin hatto odamlar bilan gaplashishdan qo‘rqqanini aytib o‘tgan. Muloqot ko‘nikmalariga yo‘naltirilgan ish qanday ta’sirchan natijalar berishining haqiqiy namunasini uning videolari orqali bilib olish mumkin.

Fikrlarni aniq va tushunarli ifodalash qobiliyati

Nega ko‘pchilik audio xabar qabul qilishni yoqtirmasligini bilasizmi? Menimcha, sabablardan biri chalkash nutqdir. Odamlar uzoq vaqt davomida, juda tez yoki juda sekin, parazit so‘zlar bilan gaplashadilar, fikrlar chalkash va bularning barchasi foydali ma’lumotni idrok etishni qiyinlashtiradi. Katta auditoriya bilan gaplashmasangiz ham, fikrlarni aniq va ravon ifodalash qobiliyati zarur. O‘zini aniq ifoda etgan inson ijobiy munosabatda bo‘ladi, demak, uni ko‘proq eshitishadi.

Ushbu mahoratni qanday oshirish mumkin?

  • Yozma tarzda mashq qiling yoki kundalik yuriting. Bu fikrlarni tartib bilan bayon etishga yordam beradi.
  • Gapirishni boshlashdan oldin 10 soniya yaxshilab o‘ylang.
  • O‘z-o‘zingizga ovozli xabarlar jo‘nating.

Ovoz va nuqt qobiliyati

Taniqli o‘qituvchi A. S. Makarenko shunday degan edi: «Men 15-20  xil ohangda «bu yerga kel» deyishni o‘rganganimdagina haqiqiy usta bo‘ldim». Ovoz balandligi, intonatsiya, nutq tempi - bularning barchasi nutqingizni idrok etishingizga, sizga bo‘lgan munosabatga ta’sir qiladi. Hozirgi kunga kelib, biz messenjerlarda yozishmalarni ko‘paytirdik, shaxsan yoki ovoz orqali kam muloqot qilamiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ifodali gapirish va umuman gapirish qobiliyatini yo‘qotmoqdamiz.

Har qanday video TED Talks larni kuzatish sizga yordam beradi. Nutqning mazmuniga emas, balki shakliga e’tibor qarating: ma’ruzachi o‘zini qanday tutayapti, qayerda pauza qildi, tinglovchilar bilan qanday ishladi. Videolarni tahlil qiling, mashq qiling va sevimli texnikalaringizni o‘zlashtiring.

Taqdimot qilish ko‘nikmalari

Taqdimot ko‘nikmalari, konferensiya yoki uchrashuvlarda omma oldida gapirsangiz bu juda muhimdir. Fikrlarni aniq shakllantirish va ovozni boshqarish qobiliyati taqdimot qiziqarli bo‘lishining kafolati emas. Tinglovchilar smartfonlariga yopishib qolmasliklari uchun siz ham ularning e’tiborini qaratishingiz kerak. Bu ko‘nikma, qolganlari kabi rivojlanishi mumkin!

  • Taymer yordamida taqdimotingizni takrorlang.
  • Tinglovchilar uchun savollarni rejalashtiring.
  • Xaddan ziyod «mashq qilingandek» ko‘rinishdan qoching .
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring