Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maxfuza Ro‘yiddinova

«Kema uchun eng xavfsiz hudud – qirg‘oq. Ammo u buning uchun yaratilmagan».

Xitoyda yuqori texnologiyali biznes haqidagi eng yaxshi 5 ta kitob

Xitoyda yuqori texnologiyali biznes haqidagi eng yaxshi 5 ta kitob

Har qanday davlatda dasturlash tili bir xil. Xitoydagi Python va Buyuk Britaniyadagi Python o‘rtasida farq yo‘q. Yana bir narsa - yuqori texnologiyali biznes modellari. Ular juda farq qilishi mumkin. Ko‘pchilik Silikon vodiysining xususiyatlari haqida biladi, buning uchun biz ko‘plab kitob, film, podkastlar va albatta, teleko‘rsatuvlar sababchi. Shu bilan birga, Xitoy texnologiya kompaniyalarining rivojlanishi haqida hech bo‘lmaganda ma’lumot beruvchi adabiyotlarni topish juda qiyin. Shuning uchun Xitoyda innovatsion texnologiyalar asosida biznes yuritishning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunishga yordam beradigan kitoblar tanlovini taklif qilamiz. Ro‘yxat so‘nggi bir necha yil ichida dunyoning turli mamlakatlarida chop etilgan nashrlardan iborat.

Tech Titans of China: How China’s Tech Sector is challenging the world by innovating faster, working harder, and going global yoki Xitoyning texnologik titanlari: Xitoyning texnologiya sektori innovatsiyalar kiritish, ko‘proq ishlash va global miqyosga chiqish orqali dunyoni raqobatga chorlayapti.

Tanlovni Rebekka Fanninning kitobidan boshlamoqchiman. Muallif Xitoy texnologiya sanoati muvaffaqiyati sabablarini tushunadi. Ushbu kitob Xitoyning Baidu, Alibaba, Tencent va boshqa kompaniyalari dunyoning raqamli landshaftini qanday shakllantirayotganini o‘rganadi.

Esda tuting, kitob 2019 yilda chiqarilgan va ba’zi joylarda eskirgandek tuyulishi mumkin. Ammo bu Xitoydagi texnologik rivojlanish sur’atlarining yana bir ko‘rsatkichi bo‘lib, kitobning chiqarilgan vaqti uning aktualligiga ta’sir qilmaydi.

Ai Superpowers: China, Silicon Valley, and the New World Order yoki AI super kuchlari: Xitoy, Silikon vodiysi va yangi dunyo tartibi.

Bizning ro‘yxatimizdagi ikkinchi kitob taniqli AI mutaxassisi Kay Fu Li tomonidan yozilgan . Muvaffaqiyatli faoliyati davomida u Amerikada ham, Xitoyda ham ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Kitob 2018 yilda nashr etilgan va rus tiliga tarjima qilingan.

Kitobning birinchi yarmi AI tarixi va yaqin kelajagi haqida ma’lumot beruvchi sharhdir. Muallif sun’iy intellekt sohasidagi ikki to‘laqonli yetakchi o‘yinchi – Amerika va Xitoyda sun’iy intellekt texnologiyalari qanday rivojlanayotgani va bu nafaqat ushbu soha mutaxassislariga, balki oddiy odamga ham nimani va’da qilishi haqida fikr yuritadi. Li o‘quvchilarni juda ko‘p atamalar bilan charchatmaydi, bu kitobni hatto oddiy odam uchun ham jozibador qiladi.

Digitalisierung Made in China: Wie China mit KI und Co. Wirtschaft, Handel und Marketing transformiert  yoki Xitoyda raqamlashtirish: Xitoy iqtisodiyot, savdo va marketingni o‘zgartirish uchun AI va Ko.dan qanday foydalanmoqda?

Ushbu kitob Germaniyadan kelgan marketing va AI mutaxassislari tomonidan yozilgan. U 2021 yilda chiqarilgan va hali ingliz tiliga tarjima qilinmagan, lekin nemis tilini bilsangiz, bemalol o‘qing.

Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya 21 asrning asosiy mavzulari hisoblanadi. Xitoy bu sohada yetakchi bo‘lish yo‘lida bormoqda. Kitob raqamlilashtirish bilan bog‘liq eng muhim masalalarga qaratilgan va Xitoyda biznes, savdo va marketing rivojlanishiga oydinlik kiritadi. 20 dan ortiq mutaxassislar Xitoydagi amaliy tajribalari haqida gapirib berishadi. Shuningdek, G‘arb kompaniyalari Xitoyning raqamli transformatsiyasidan kelib chiqadigan qiyinchiliklarga qanday moslashishlari mumkinligi haqida maslahatlar va tavsiyalar mavjud.

Alibaba: The House That Jack Ma Built  yoki Alibaba: Jek Ma bunyod etgan maskan.

Ayrim ko‘zga ko‘ringan vakillar hikoyalarini alohida o‘rganmasdan turib, Xitoydagi biznesning nozik jihatlari bilan tanishib bo‘lmaydi.

Muallif Dunkan Klark bizga Jek Maning ajoyib hikoyasi va uning Alibaba guruhining rivojlanishi haqida gapirib beradi. Bu muvaffaqiyatli biznesmenning tarjimai holi bo‘lsa-da, unda Ma muvaffaqiyatga erishish uchun amalga oshirgan bir nechta amaliy vositalar va taktikalarni o‘z ichiga oladi.

Kitob o‘quvchilarga Xitoydagi har qanday yirik biznes duch keladigan murakkabliklar va qiyinchiliklarni ko‘rsatadi. Bundan tashqari, matnda Alibaba hamkorlari va raqobatchilari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mavjudligini ta’kidlamoqchiman, bu sizga kompaniya faoliyat yuritayotgan murakkab muhitni yaxshiroq tushunish imkonini beradi.

Xiaomi: How a Startup Disrupted the Market and Created a Cult Following yoki Xiaomi: startap qanday qilib bozorni parchalab, kult yaratdi.

Xitoy biznesining yana bir muvaffaqiyatli vakili - Ley Szyun va uning Xiaomi kompaniyasi. Bu zamonamizning haqiqiy afsonasi, chunki hatto Apple ham shu qadar tez mashhurlik va sodiq mijozlarga erisha olmadi.

Muallif o‘tmishdagi va hozirgi texnologiya, sanoat, siyosat va iste’molchilarning xulq-atvori bilan bog‘liq tendensiyalar va voqealar Xiaomi rivojlanishida qanday rol o‘ynaganligi haqida batafsil ma’lumot beradi.

P.S. Yuqorida keltirilgan kitoblarning hammasi ham o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan mahalliy sotuvlarda mavjud emas. Ammo kitoblar sizda qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, uni topish muammo bo‘lmasligi aniq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring