Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Husiylarning suvosti internet-kabellariga hujumi oqibatida YouTube va Google kabi saytlarda uzilishlar kuzatildi

Husiylarning suvosti internet-kabellariga hujumi oqibatida YouTube va Google kabi saytlarda uzilishlar kuzatildi

Foto: iXBT

Bugun global miqyosda internet uzilishi oqibatida yirik saytlar va servislar, jumladan, YouTube, Google, Facebook, Instagram va boshqalarning faoliyatida muammolar kuzatildi. Bunga Qizil dengiz tubidan o‘tgan internet-kabellariga husiylarning hujumi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Turli manbalar Gonkongning HGC Global Communications Limited provayderiga asoslanib xabar berishicha, Yaman husiylari Osiyo, Yevropa va Afrikani bog‘lab turgan internet-kabellariga jiddiy zarar yetkazgan. Hozircha mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, husiylar 4 ta suvosti kabelini uzishgan, bu esa trafikning 25 foiziga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

HGC Global Communications Limited kompaniyasi ta’kidlashicha, zarar yetkazilgan marshrutlar Osiyodan Yevropaga ma’lumot o‘tkazishda juda muhim hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring