O‘zbekistonda mobil interneti Markaziy Osiyoda eng hamyonbop ekanligi e’tirof etildi
Ekspertlar 10 Gb trafikli mobil internetning o‘rtacha narxini inobatga olib, 179 ta mamlakatdagi vaziyatni o‘rganib chiqdilar.
Tojikiston ro‘yxatdagi eng so‘nggi 163-o‘rinni egalladi.
Respublika aholisi standartlarga javob beradigan mobil internetga taxminan 13,77 dollar sarflaydi.
Loyiha mualliflarining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘rtacha ish haqi 170 dollarni tashkil qiladi.
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, Tojikiston fuqarolari daromadlarining 8 foizini smartfonlar yordamida internetga kirishga sarflaydilar.
Buni qarangki, Afg‘oniston reytingda ikki pog‘ona bo‘lsada yuqori o‘rin olgan.
O‘rtacha 200 dollarlik maosh bilan bu yerda aloqa uchun oyiga 15,17 dollar, ya’ni, ish haqining 7,62 foizi sarflanadi.
Qirg‘iziston esa ushbu ro‘yxatda 90-o‘rinni egalladi.
313 dollarga yaqin maosh oladigan mamlakat aholisi internet uchun 7,61 dollar sarflaydi.
Qozog‘iston 583,6 dollar daromad va 9,79 dollar aloqa xarajatlari bilan 63-qatoridan joy olgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekiston reytingda eng yaxshi o‘rinni egallagan – 43-o‘rin!
O‘rtacha ish haqi 364 dollar bo‘lgan aholi 10 Gb mobil internetga bor-yo‘g‘i 4,36 dollar yoki maoshining 1,2 foizini sarflaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter