Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Bu xabarni onlayn o‘qiyotgan bo‘lsangiz, sizning mamlakatingizga havas qilsa arziydi

Bu xabarni onlayn o‘qiyotgan bo‘lsangiz, sizning mamlakatingizga havas qilsa arziydi

Foto: Cdn

Xalqaro elektraloqa ittifoqi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada odamlardan ertalab uyg‘onganlarida birinchi bo‘lib nima qilishlari haqida so‘rashganida, rossiyaliklarning 39 foizi shunday javob berishgan ekan: "Men mobil telefonimdan internetga kiraman"...

Siz-chi? Erta tongda uyg‘onishingiz bilan nima qilasiz? Bu savolga aksariyat yurtdoshlarimiz ham aynan shunday javob berishsa ajabmas.

Boisi, bugungi kunda ko‘pchilik uchun kun onlayn yangiliklarni o‘qish bilan boshlanadi va ijtimoiy tarmoqlarda lentani ko‘rish bilan tugaydi. Sizga ham go‘yoki internet hamma joyda mavjuddek tuyuladimi?

Ammo, aslida, internetdan foydalanuvchilar soni sayyoramiz aholisining yarmidan ham kamroqni tashkil qiladi.

Ha, dunyoda hattoki internet umuman yo‘q joylar ham mavjud. U yerdagilar filmni yuklab olish yoki onlayn tomosha qilishni ham, ijtimoiy tarmoqlar o‘zi nima ekanligini ham bilishmaydi.

Masalan, Shimoliy Koreyada biznikidek internet yo‘q. Ular World Wide Webdan ajratilgan ichki Gwangmeon tarmog‘idan foydalanishadi.

U ham bo‘lsa faqat davlat mafkurasini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, faqat ayrim kishilargina foydalanishi mumkin: jumladan, mamlakat rahbariyati, shuningdek, xorijiy firma va elchixonalar.

Oddiy fuqarolar uchun esa Xitoy bilan chegaradosh hududda kichik internet-kafelar mavjud, ammo ulardan foydalanish ham vaqti-vaqti bilan taqiqlanib turadi.

Mobil internetdan esa faqat diplomatlar, xorijiy kompaniya xodimlari va sayyohlar foydalana olishadi.

Shu bois Shimoliy Koreya universitetlarida hattoki internetdan qanday foydalanishni ham o‘rgatishadi.

Harbiy boshqaruv va doimiy urushlardan charchagan Myanma aholisi ham internetga kirish imkoniga ega emas. Aniqrog‘i, aholining 1 foizdan kamrog‘igina internetdan foydalana oladi. Tasavvur qilish qiyin a?

Afrikaning Kongo, Efiopiya, Liberiya, Nigeriya va Gvineya kabi ko‘pgina mamlakatlarida esa internet foydalanuvchilari soni harqalay 1 foizdan ortadi. Bunga sabab balki aloqa xizmatlarining juda qimmatligidir.

Masalan, Afrika mamlakatlari orasida aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Efiopiyada taxminan 1 GB mobil internet uchun abonent to‘lovlari 10 dollardan boshlanadi. Ammo internet tezligi juda past.

Bundan tashqari, Pokiston, Afg‘oniston, Laos, Kambodja, Madagaskar uzoqqa bormaylik ana Turkmaniston va Tojikiston aholisining 80 foizdan ortig‘i so‘nggi yangiliklarni internet orqali o‘qiy olmaydi.

Xo‘sh, shundan keyin ham mobil internetingiz sifati biroz pasayib qolsa tug‘ilib o‘sgan maskaningizdan noliyverasizmi?

Vaholanki, shu kungacha mamlakatimizda xalqaro ma’lumotlarni uzatish tarmog‘iga ulanish tezligi 28 barobarga oshdi, provayderlar uchun internet tariflarining narxi 30 barobar arzonlashdi, mobil tayanch stansiyalar soni ham qariyb 3 barobarga ko‘paydi va natijada aholimizning 75 foizdan ortig‘i internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Albatta bunga havas qilsa arziydi, shunday emasmi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring