Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona billing tizimi server qurilmalari ko‘chirilmoqda

Yagona billing tizimi server qurilmalari ko‘chirilmoqda

2025-yilning 12-yanvar kuni soat 00:00 dan 06:00 ga qadar Yagona billing tizimi server qurilmalarini Raqamli hukumat tizimining Ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga ko‘chirish bo‘yicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan barcha modullari, “Notarius” axborot tizimi, FHDY, kadastr, favqulodda vaziyatlar, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bilan bog‘liq axborot tizimlari (E-Fuqaro, E-Mehmon, Passport-Visa) va boshqa sohalardagi pullik xizmatlarni ko‘rsatish, to‘lovlarni amalga oshirish vaqtinchalik cheklanadi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 1242 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring