Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘g‘irlashga urinish muvaffaqiyatsiz tugadi: Los-Anjelesdagi robotaksi jinoyatchini qo‘lga oldi

O‘g‘irlashga urinish muvaffaqiyatsiz tugadi: Los-Anjelesdagi robotaksi jinoyatchini qo‘lga oldi

Los-Anjelesda bir erkak robotaksini o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi, biroq mashina eshiklari qulflanib,  jinoyatchini qo‘lga tushirdi va politsiyani chaqirdi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bosqinchi o‘g‘irlik qilishga urinish vaqtida mast holatda bo‘lgan.

Ishlab chiqaruvchi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, avtomobil ruxsatsiz kirishni oldini olish tizimi bilan jihozlangan. Haydovchi o‘rindig‘iga begona odam o‘tirsa, qo‘llab-quvvatlash guruhi masofadan turib transport vositasini bo‘shatishni so‘rashi mumkin. Rad etilgan taqdirda eshiklar va rul yopiladi va politsiya chaqiriladi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, bunday hodisalar juda kam uchraydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring