Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haydovchisi yo‘q, lekin roboqo‘li bor mashina

Haydovchisi yo‘q, lekin roboqo‘li bor mashina

Foto: 3dnews.ru

Xitoyning Didi kompaniyasi Neuron nomli taksi loyihasini taqdim etdi. U haydovchisiz harakatlanadi, mashinaga yuklar roboqo‘l tomonidan joylashtiriladi.

Oq rangdagi va shaklan noodatiy mashinada haydovchi o‘rindig‘i ko‘zda tutilmagan. Oldinda 3 ta, orqada 2 ta displeyi, 8 ta kamerasi, sensorlar to‘plami mavjud. Roboqo‘l yo‘lovchilarga yuklarni joylashtirishda yordam beradi.  

Didi Shanxay va Guanchjouning ayrim tumanlarida haydovchisiz harakatlanadigan robotaksi xizmatini yo‘lga qo‘yib ulgurdi. Shuningdek, haydovchisiz yuk mashinasini sinovdan o‘tkazmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring