Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kiberxavfsizlik markazi Temuning soxta reklamalari haqida ogohlantirdi

Kiberxavfsizlik markazi Temuning soxta reklamalari haqida ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida Temu internet-do‘koniga xodimlarni ishga olish haqidagi soxta e’lonlar paydo bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Firibgarlar O‘zbekiston fuqarolariga 1 soatdan 6 soatgacha 300 ming so‘mdan 2,2 million so‘mgacha pul topishni va’da qilmoqda.

Kiberxavfsizlik markazi bunday reklamalar jinoyatchilar tomonidan pul o‘g‘irlashga urinish ekanligi haqida ogohlantirdi.

Boshqarma O‘zbekiston fuqarolarini huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga chaqirdi.

Sizda ham shunday holat kuzatilib, pullaringiz talon-toroj qilingan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 qisqa raqamlariga murojaat qiling!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring