Nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirilmoqda
O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi ko‘magida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan Milliy standartlar muhokamasi o‘tkazildi. Yangi standartlar jamiyatning barcha a’zolari uchun, xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng huquqli va qulay muhitni ta’minlashga qaratilgan.
Muhokama qilingan standartlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishda duch keladigan to‘siqlarni bartaraf etishga yanada yordam beradi.
Tadbirda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, “my.gov.uz portalida inklyuzivlik va raqamli sharoitlarni ta’minlash strategiyasi” yuzasidan taqdimot qildilar. Bu esa nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida qayd etildi.
Mazkur tadbir O‘zbekistonning barcha fuqarolar uchun, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham qulay va inklyuziv jamiyat qurish yo‘lidagi yana bir muhim qadamidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter