BMT Xalqaro elektraloqa ittifoqining Butunjahon telekommunikatsiya standartlashtirish assambleyasida Vazirlik va tizim tashkilotlarining 11 nafar xodimi XEIning qoshida tashkil etilgan Tadqiqot komissiyalari raislarining o‘rinbosari lavozimlariga saylandi
Hindistonning Nyu-Dehli shahrida BMT Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI)ning Butunjahon telekommunikatsiya standartlashtirish assambleyasi (WTSA-24) bo‘lib o‘tdi.
Mazkur Assambleya yig‘ilishlarida Raqamli texnologiyalar vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlaridan tashkil topgan delegatsiya ishtirok etdi.
Assambleya doirasidagi Ishchi organlarida, ya’ni WTSA-24 ITU-T SOM-4 ish dasturi va tashkilot qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimiga Vazirlikning Mobil aloqa va teleradioeshittirish tarmoqlari bo‘limi boshlig‘i J.Aripov va WTSA-24 ITU-T SOM-4 ish metodlari bo‘yicha qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimiga Vazirlikning Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i U.Musayeva saylandi.
Mazkur Assambleyaning asosiy yo‘nalishidan biri XEIning Elektraloqani standartlash byurosining qoshida tashkil etilgan Tadqiqot komissiyalarining 4 yillik faoliyatini tasdiqlash, yangi yo‘nalishlarini va strategiyasini belgilashdan iboratdir.
Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlari natijasida XEIning Elektraloqani standartlash byurosining qoshida tashkil etilgan Tadqiqot komissiyalari raislarining o‘rinbosari lavozimlariga 4 yil muddat davomida faoliyat yuritish uchun quyidagi O‘zbekistonning 11 nafar nomzodlari mazkur Assambleyada qatnashayotgan XEIning 170 dan ortiq a’zo-davlatlari bergan ovozi natijasida saylandi:
- ITU-T Telekommunikatsiya standartlashtirish maslahat guruhi (TSAG) raisi o‘rinbosari lavozimiga;
- ITU-T Ishlash, xizmat ko‘rsatish sifati va tajriba sifati bo‘yicha 12-Tadqiqot komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga;
- ITU-T Tarif va buxgalteriya tamoyillari va xalqaro telekommunikatsiya / AKT iqtisodiy va siyosat masalalari bo‘yicha 3-Tadqiqot komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga;
- ITU-T Atrof-muhit, iqlim harakati, barqaror raqamlashtirish va aylanma iqtisodiyot bo‘yicha 5-Tadqiqot komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga;
- ITU-T Keng polosali va kabel televideniyasi bo‘yicha 9-Tadqiqot komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga;
- ITU-T Cignalizatsiya talablari, protokollari, sinov xususiyatlari va soxta telekommunikatsiya/AKT qurilmalariga qarshi kurash bo‘yicha 11-Tadqiqot komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga;
- ITU-T Xizmat ko‘rsatish va telekommunikatsiyalarni boshqarishning operatsion jihatlari bo‘yicha 2-Tadqiqot komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga;
- ITU-T Kelajakdagi tarmoqlar va rivojlanayotgan tarmoq texnologiyalari bo‘yicha 13-Tadqiqot komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga;
- ITU-T Oxirgi milya tarmoqlarini rivojlantirish, yangi texnologiyalar va infratuzilmalar bo‘yicha 15-Tadqiqot komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga;
- ITU-T Xavfsizlik bo‘yicha 17-Tadqiqot komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga;
- ITU-T Harsalar Interneti va aqlli shaharlar va jamoalar bo‘yicha 20-Tadqiqot komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimlariga Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari tayinlandilar.
Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning ITU-Tning Tadqiqot komissiyalarining rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishlari O‘zbekiston Respublikasining AKT sohasi uchun dunyodagi eng ilg‘or mutaxassislari bilan hamkorlikda telekommunikatsiya sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiqish va katta tajribaga ega bo‘lish, xalqaro telekommunikatsiyasi standartlashtirish sohasidagi ilg‘or yutuqlarni mamlakatimizda joriy qilish imkoniyatlarini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter