Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir Qarshi shahrida masofaviy xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar bilan tanishib, ularning faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha tavsiyalarni berdi

Vazir Qarshi shahrida masofaviy xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar bilan tanishib, ularning faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha tavsiyalarni berdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qarshi shahridagi telekommunikatsiya bog‘lamasining 4-qavatida tashkil etilgan Masofaviy xizmatlar eksporti markaziga tashrifi davomida markazda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar rahbarlari bilan suhbat o‘tkazdi.

Vazir Rossiya Federatsiyasiga dispetcherlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi “IT-CALL KARSHI” MChJ, AQShga xizmat ko‘rsatuvchi “NNT EXPRESS INC” MChJ va “NAVIGO” MChJ kompaniyalarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning xizmat ko‘rsatish jarayonlari, xalqaro bozorga yo‘naltirilgan strategiyalari bo‘yicha suhbatlashdi.

Suhbat davomida ularning yil boshidan buyon amalga oshirgan eksport hajmi va kelgusidagi rejalarini muhokama qildi. Kompaniyalar vakillari mavjud yutuqlar haqida to‘xtalib, masofaviy xizmatlar eksportini kengaytirish, xizmat sifatini oshirish va yangi bozorlar bilan hamkorlik qilish istiqbollari borasida o‘z fikrlarini bildirishdi. Xususan, xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish uchun xizmat sifatini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda IT xodimlarining malakasini muntazam oshirib borish zarurligini ta’kidlandi. Shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mavjud xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar berildi.

Vazir, shuningdek, O‘zbekistonning masofaviy xizmatlar sohasida yetakchi mamlakatlardan biriga aylanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib, IT xizmatlar eksportining iqtisodiyotga ijobiy ta’siri, ayniqsa hududlardagi ish bilan ta’minlashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Shuningdek vazir kompaniyalar faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring