Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Swift Launch kompaniyasi bilan yurtimizda yoshlarning IT-sohasidagi startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va venchur moliyalashtirish ekotizimini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Swift Launch kompaniyasi bilan yurtimizda yoshlarning IT-sohasidagi startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va venchur moliyalashtirish ekotizimini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Swift Launch asoschisi Stiven Lin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda yurtimizda o‘quvchilar uchun startap loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikda IT sohasini rivojlantirish, qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda, shuningdek, kompaniya vakillariga yurtimizda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim imkoniyatlari, xorijiy kompaniyalar uchun IT Park tomonidan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlari haqida ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga, yoshlarning IT biznes g‘oyalari ustida ishlash, uning samaradorligini oshirishi bo‘yicha ham takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda IT eksport hajmini oshirishda kompaniya imkoniyatlaridan foydalanish, axborot texnologiyalarini uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadli rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring