Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sidian universiteti IT-ta’lim uchun 1,1 mln dollarlik grant ajratadi

Sidian universiteti IT-ta’lim uchun 1,1 mln dollarlik grant ajratadi

Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va "Sidian" universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, umumiy qiymati 1,1 mln dollarni tashkil etadigan grantlar to‘liq va qisman o‘qish xarjatlarini qoplash uchun o‘zbekistonlik talabalarga taqdim etiladi. 

Universitet kompyuter va telekommunikatsiya injiniringi, sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili (data science), kiberxavfsizlik kabi yo‘nalishlarda o‘zbekistonlik talabalarni o‘qitish bo‘yicha Xitoy universitetlari orasida eng ilg‘or darajani saqlab turibdi.

Sidian reytingi mamlakat ichida eng barqaror va butun dunyo IT-yo‘nalishdagi universitetlar ro‘yxatida 53-o‘rinni egallaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring