Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qatarning yetakchi Hamad bin Khalifa universiteti prezidenti, "Qatar Foundation" va Qatar milliy tadqiqot jamg‘armasi rahbari doktor Ahmad Hasnah bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qatarning yetakchi Hamad bin Khalifa universiteti prezidenti,

Uchrashuvda:

  • sun’iy intellekt yo‘nalishida hamkorlik istiqbollari;
  • mahalliy startap loyihalarga sarmoyaviy qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘yish va sohani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma rejalar ishlab chiqish masalalari;
  • “Hamad bin Khalifa” universiteti va vazirlik huzuridagi universitetlar bilan kelgusida zamonaviy ta’lim standartlari asosida IT va sun’iy intellekt o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
  • universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida IT yo‘nalishida qo‘shma tadqiqotlar tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. 

O‘z navbatida, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R.Karimjonov tomonidan vazirlikda raqamli ta’lim hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida amaliy reja ishlab chiqish, shuningdek uni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etishga kelishildi.

Ma’lumot uchun: Hamad bin Khalifa universiteti Qatardagi yetakchi davlat universitetlaridan biri bo‘lib, 2010-yilda tashkil etilgan. Dunyoning eng kuchli universitetlar "QS World University Rankings" reytingida 183-o‘rinni egallagan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring