Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida IT ta’lim, raqamli texnologiyalar va biznes jarayonlarining autsorsingini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida IT ta’lim, raqamli texnologiyalar va biznes jarayonlarining autsorsingini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Qatarga tashrifi davomida Invest Qatar agentligi Bosh ijrochi direktori Shayx Ali Al-Valid Al-Tani bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida IT sohasiga IT mutaxassislarini tayyorlash va ularga xalqaro ish topishga yordam berish, mahalliy startaplarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalar tuzish masalalari ko‘rib chiqildi.

Keyin esa O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida IT masalalari bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzoladi. Ushbu hamkorlik mintaqadagi investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bu hali hammasi emas, Qatarga qilingan tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, MEEZA kompaniyasi bosh direktori Muhammad Ali Al-G‘aytaniy va UZINFOCOM biznesni rivojlantirish direktori Baxtiyor Rizayev o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi ham imzolandi.

Mazkur hamkorlik Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida IT ta’lim, raqamli texnologiyalar va biznes jarayonlari autsorsingini rivojlantirishga qaratilgan.

Tomonlar ta’lim dasturlarini ishlab chiqadilar, innovatsion yechimlarni joriy etadilar va autsorsing uchun imkoniyatlar yaratadilar, bu esa iqtisodiy o‘sish va uzoq muddatli hamkorlikka hissa qo‘shadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring