Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sabzavot va mevalarda pestitsidlarni aniqlash uchun biologik parchalanadigan sensor yaratildi

Sabzavot va mevalarda pestitsidlarni aniqlash uchun biologik parchalanadigan sensor yaratildi

Foto: 4PDA

Odatda, sabzavot va mevalarda pestitsidlarni aniqlash uchun o‘simliklar laboratoriyada tekshiriladi. Braziliyalik tadqiqotchilar biologik parchalanadigan sensorni yaratdilar. U mevaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegish orqali pestitsidlar darajasini "taktik tarzda" aniqlay oladi.

Qurilma San-Paulu (USP) universiteti va Visosa (UFV) federal universiteti tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan. U meva, sabzavot, barg yoki poyaga biriktiriladi va aniqlangan pestitsidlar miqdori haqidagi ma’lumotlarni kompyuterga uzatadi. Bundan tashqari, sensor yog‘och - sellyuloza atsetatdan olingan ekologik toza materialdan tayyorlangan. Natijada 340 kun ichida tuproqda parchalanadi va unga zarar yetkazmaydi.

Olimlar sensorni mashhur pestitsidlar guruhida sinab ko‘rishdi va klassik qurilmalardagi ma’lumotlar bilan taqqoslashdi. Tadqiqotchilar, shuningdek, sabzavotlarni ikki soat davomida yuvish va suvda namlash  pestitsidlarni yo‘q qilishda samarali ekanligini sinab ko‘rdi. Ma’lum bo‘lishicha, pestitsidlar to‘liq yo‘q bo‘lmagan: salat barglari atigi 40 foiz karbendazimni va parakvatning 60 foizini, pomidor esa ikkalasining 64 foizini yo‘qotdi.

Pestitsidlar hasharotlarga qarshi kurashda ishlatiladi. Ular odatda sanoat miqyosida o‘simliklar ustiga sepiladi. Biroq, ularning atigi 50 foizi natija beradi. Qolganlari tuproqda, suvda va o‘simliklarda nobud bo‘ladi. Pestitsidlar odamlar uchun zaharli, shuning uchun ularning tarqalishini nazorat qilish muhimdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring