Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Raqamli texnologiyalar sohasida 2023-yil sarhisobi (+video)

2023-yil mamlakatimiz axborot texnologiyalari olamida muhim yangiliklarga boy bo‘ldi. Yil yakunida raqamli texnologiyalar sohasi rivojida eng e’tiborga molik bo‘lgan voqea va hodisalarni sarhisob qildik:

  • 27-29-yanvar kunlari Toshkentda “Open Data Challange” hakatoni bo‘lib o‘tdi. Bu ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha an’anaviy yillik tanlovdir. Hakaton fuqarolarning ochiq ma’lumotlardan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish va oshirishga qaratilgan.
  • 27-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Vazirlik markaziy apparati departament, boshqarma, bo‘limlari, shuningdek, hududiy boshqarmalari boshliq-xodimlari ishtirokida “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” taqdimoti o‘tkazildi.
  • Butunjahon hukumatlar sammiti doirasida BAA hukumati tomonidan tashkil etilgan “Best Global M-Gow Award” tanlovida O‘zbekistonning “Don’t Waste” startapi 2-o‘rinni egalladi.
  • O‘zbekiston prezidenti raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari barcha biznes jarayonlarini hamda aholi uchun eng zarur xizmatlarni to‘liq raqamlashtirib, o‘zaro integratsiya qilish vazifasini qo‘ydi.
  • O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib 5G spektrini taqdim etdi
  • “Respublikada nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratishni tartibga solish chora-tabdirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori qabul qilindi.
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Barselona (Ispaniya)dagi “MWC Barselona 2023” jahon mobil kongressida ishtirok etdi.
  • “Raqamli texnologiyalar vazirligining 717 mln. so‘mlik stipendiyasi tanlovi e’lon qilindi.
  • 14–17-mart kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Shveysariyaning Jeneva shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan tashkil etilgan Axborot hamjamiyati bo‘yicha xalqaro sammitda ishtirok etdi.
  • 17-mart kuni Toshkent viloyati markazi — Nurafshon shahrida IT Parkning yangi filiali ochildi.
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi “Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki” chellenjini o‘tkazdi.
  • Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshini qo‘yish marosimida yurtimizda ilk bor “aqlli” texnologiyalar joriy etilishi lozimligini ta’kidladi.
  • IT sohasida jahon mehnat bozorida muvaffaqiyatli raqobatlasha oladigan malakali IT mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 23-mart kuni “NEXTGEN ACADEMY” xalqaro IT akademiyasi ochildi.
  • O‘zbekistonda IT sohasida xorijliklar va hamyurtlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar Yaponiya telekanali orqali namoyish etildi.
  • Mamlakatimizda iPhone foydalanuvchilari uchun ham 5G tarmog‘idan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.
  • Buyuk Britaniyaning London shahrida 29–31-mart kunlari mamlakatimiz IT sohasi vakillari hamda IT Park ta’lim rezidentlari ishtirokida “BETT” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
  • 25–27-aprel kunlari Toshkent shahrida STC 2023 kosmik texnologiyalar xalqaro konferensiyasi va “Youth Space Forum” bo‘lib o‘tdi.
  • My.gov.uz portali tomonidan ota-onalar uchun farzandini maktabdan maktabga ko‘chirishni hech qanday qiyinchiliksiz elektron tarzda amalga oshirish imkoniyati taqdim etildi.
  • Kibersport bo‘yicha chempionatda ilk bor 3000 nafarga yaqin kibersportchilar ishtirok etdi va O‘zbek kibersportida yangi rekord o‘rnatildi.
  • Toshkentda yangi Plug and Play ofisi ochildi.
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi London shahrida bo‘lib o‘tgan “Jahon ta’lim forumi – 2023” da ishtirok etdi.
  • “Yuridik shaxslar tomonidan xorijiy Internet jahon axborot tarmoqlarida reklama berish xarajatlarini chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari yordamida to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
  • “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolandi.
  • “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori imzolandi.
  • Virtual operatorlar hamda teleradio subyektlari to‘laydigan davlat bojlari kamaytirildi.
  • 62-“Xalqaro Gullar festivali” doirasida xorijiy va mahalliy IT-kompaniyalar, mutaxassislar hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “NamanganTechSummit” xalqaro IT-forumi bo‘lib o‘tdi.
  • Toshkentda aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlikning elektr aloqa va axborot-kommunikatsiya operatorlari kengashining 44-yig‘ilishi o‘tkazildi.
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan hunarmandlar uchun elektron tijorat platformalarida daromad topish bo‘yicha bepul ta’lim dasturi taqdim etildi.
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi va HP kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
  • 7 iyul kuni dunyoning 300 dan ortiq kompaniya va tashkilotlari vakillarini bir joyga to‘plagan Digital Leadership – raqamli yetakchilik forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida “Huawei” kompaniyasining mintaqaviy ofisi, “ZTE ” kompaniyasining BPO markazi, “VEON ”ning yangi biznes yo‘nalishi hamda “Acharya” universitetining ochilish marosimi ham o‘tkazildi.
  • My.gov.uz portalida abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga shaxsiy tashrifsiz, qog‘oz hujjatlar va hech qanday navbatlarsiz onlayn ro‘yxatga olish xizmati ishga tushirildi.
  • “O‘zbektelekom” AK “2023-yil MDH mamlakatlarining mintaqaviy operatori” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
  • O‘zbekiston terma jamoasi Counter-Strike: Global Offensive kompyuter o‘yini bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi.
  • O‘zbek va xorijiy tillarda “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portali o‘z faoliyatini boshladi.
  • Ilk bor 3 oy ichida 57 mln dollarlik IT xizmatlar eksporti amalga oshirilib, O‘zbekiston IT eksportida yangi rekord o‘rnatildi.
  • O‘zbekiston ilk bor 2023-Global Services Location Indexga qo‘shildi va 78 ta davlat ichida 40-o‘rinni egalladi.
  • O‘zbektelekom” operatori 2023 yilning 1-2-choragi bo‘yicha “Eng tezkor mobil tarmoq” nominatsiyasida oliy mukofotga sazovor bo‘ldi.
  • O‘zbekiston keng polosali (simli) internet tezligi reytingida 24 pog‘ona yuqoriladi.
  • My.gov.uz portalida onlayn internet tarmog‘iga ulanish xizmati ishga tushirildi.
  • “O‘zbekkosmos” agentligi va Pokiston kosmik fazo va yuqori atmosferani tadqiq etish komissiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 195 ta mamlakat orasida 70 ball bilan 30-o‘ringa ko‘tarildi hamda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qoldi.
  • Davlat OTMning talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmatlari markazlari hamda My.gov.uz portali orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshirila boshladi.
  • AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.
  • O‘zbekistonda IT sohasining investitsion jozibadorligi New Yorkning mashhur Times Square maydonida namoyish etildi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan O‘zbek tili ixlosmandlari uchun bepul tahrirlovchi.uz loyihasi taqdimot etildi.
  • “Raqamli hukumat” markazi xalqaro ISO standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi.
  • O‘zbekiston terma jamoasi CS:GO bo‘yicha jahon chempionati yarim finaliga chiqdi.
  • AQSh televideniyesida O‘zbekistonning IT-autsorsing imkoniyatlari targ‘ib qilindi.
  • O‘zbekistonlik iqtidorli o‘quvchilar Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida mamlakatimiz tarixida ilk bor g‘alaba qozonib, 2 ta bronza va sharafli ishtirok (Honourable mention) diplomiga sazovor bo‘lishdi.
  • Qatarda bo‘lib o‘tgan “Seeds for the future” Xalqaro IT musobaqasida yuqori natijaga erishgan talabalarimiz Dubaydagi mintaqaviy TECH4GOOD tanlovida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
  • Poytaxtimizda tashkil etilgan “URBAN.TECH UZBEKISTAN–23” hakatonida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari biryo‘la ikkita yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
  • My.gov.uz portalida “Sportchilar uchun sport pasportini olishga ariza berish” xizmati ishga tushirildi.
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Vashingtonda bo‘lib o‘tgan AQSh – O‘zbekiston biznes-forumida ishtirok etdi.
  • Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan IV-Favqulodda Kongressining strategik sammitida O‘zbekiston Respublikasi “Pochta taraqqiyotining yuksaluvchi yulduzi” mukofoti bilan taqdirlandi.
  • UZINFOCOM O‘zbekistonda ilk marotaba K-root serverini ishga tushirdi.
  • Mobiuz mobil operatori SAMENA telekommunikatsiya kengashining nufuzli LEAD Awards mukofotini qo‘lga kiritdi.
  • UZTELECOM O‘zbekistondagi eng yaxshi 5G ta’minoti uchun nufuzli LEAD Awards mukofoti bilan taqdirlandi.
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarning raqamli texnologiyalardan teng huquqli foydalanishiga sharoit yaratish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi va O‘zbekiston nogironlar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi.
  • Raqamli hukumat markazi va BYD kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi.
  • 51 nafar yoshlar Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasini qo‘lga kiritdilar.
  • 23–26-oktyabr kunlari O‘zbekiston IT olamidagi eng yirik xalqaro forum — “ICTWEEK 2023” AKT haftaligi bo‘lib o‘tdi.
  • “Techno Women” harakatining O‘zbekistondagi faoliyati boshlanib, “Women in Tech” loyihasiga start berildi.
  • “ICTWEEK 2023” AKT haftaligi doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada abonentlarga o‘z mobil raqamlarini o‘zgartirmagan holda istalgan mobil aloqa kompaniyasiga o‘tish imkoniyatini beruvchi MNP xizmati taqdim etildi. Shuningdek, jismoniy shaxslar uchun xorijdan o‘zi bilan ikkita mobil qurilmani olib kirish imkoniyati ham yaratilib, UZIMEI tizimida ro‘yxatga olishda shaxsni biometrik identifikatsiya (Face-ID) qilish tizimi joriy etildi.
  • Toshkentda birinchi bor “O‘zbekiston – Koreya AKT Biznes hamkorlik” forumi o‘tkazildi.
  • UzPost jo‘natmalarni 24 soat ichida yetkazib berish imkoniyatini taqdim etuvchi yangi “Bir Qadam” xizmatini taqdim etdi.
  • “Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan yangi raqamli xizmatlar va servislar, qoida tariqasida, birinchi navbatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasida joriy etilishi belgilandi.
  • “O‘zbekkosmos” agentligi Xalqaro astronavtika federatsiyasiga a’zo bo‘ldi.
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dunyoning TOP Universitetlari ro‘yxatida 1000 ballik baholash shkalasida 620 ball to‘plab, 4 yulduzli universitet maqomiga erishdi.
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Wildberries” kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
  • O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida oxirgi 3 yil ichida 33 pog‘onaga ko‘tarildi.
  • O‘zbekistonliklarga ChatGPTdan VPNsiz foydalanish imkoniyati yaratildi.
  • O‘zbekistonda ilk marotaba Birlashgan Arab Amirliklari hukumati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi g‘oliblari taqdirlandi. Raqamli texnologiyalar vazirligi bir nechta nominatsiyalarda g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Jumladan:
    1. “Eng yaxshi tashabbus” nominatsiyasida (IT Park) — 1-o‘rin;
    2. “Strategik maqsadlarni amalga oshirish” nominatsiyasida — 2-o‘rin;
    3. Namunali vazirlik” nominatsiyasida — 3-o‘rin;
    4. “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi “Eng yaxshi loyiha” nominatsiyasida — 3-o‘rinni egalladi.
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi ISO 37001:2016 hamda 9001:2015 xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
  • UZINFOCOM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan PalmID doirasida “Xalqlar do‘stligi” bekatida ilk marotaba kaftni skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi.
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirgan vazirliklar orasida yetakchilikni qo‘lga kiritdi.
  • IT Park Xorazm filiali rezidenti “IT-Forelead” MChJ dasturchisi Ra’no Jabborova “Yil ayoli–2023” milliy tanlovining viloyat bosqichida “Yilning eng yaxshi IT dasturchi ayoli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
  • My.gov.uz portalida yo‘lga qo‘yilgan xizmatlar 565 tadan, foydalanuvchilar soni esa 7,5 mln nafardan oshdi. 2022-yilda elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali 12 mln.dan ortiq foydalanilgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich salmoqli darajada ortib, 20 mln.ga yaqinni tashkil etdi.
  • Eng ilg‘or startap loyihalarini aniqlashga bag‘ishlangan umumiy mukofot jamg‘armasi 1 mln AQSh dollarlik “President Tech Award” tanlovi g‘oliblari munosib taqdirlandi.
  • Yilning eng muhim voqeasi, shubhasiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi IT Park faoliyati va axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi hamda IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani bo‘ldi. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari jahon iqtisodiyoti shiddat bilan o‘zgarib borayotgan sharoitda hech bir sohani raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmasligini ta’kidladi. Soha va boshqa idoralar rahbarlariga raqamlashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar topshirildi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring