Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamlashtirish vaziri Ozarbayjonda “InMerge” innovatsion sammitida qatnashdi

Raqamlashtirish vaziri Ozarbayjonda “InMerge” innovatsion sammitida qatnashdi

Foto: Digital.uz

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Ozarbayjonda “InMerge” innovatsion sammitining ochilish marosimida hamda “Innovatsiyalar ekotizimlarini bog‘lash: o‘sish uchun mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi.

Tadbirning ochilishida Ozarbayjon prezidentining yordamchisi — iqtisodiyot va innovatsiyalar masalalari bo‘yicha departament rahbari Shaxmar Movsumov, Raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiyev, Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Elnur Aliyev, Apple kompaniyasi (AQSh) hamasoschisi Stiv Voznyak, “RASHA holding” rahbari Jalal Gasimov va boshqa nufuzli mehmonlar nutq so‘zladi.

Ozarbayjon rasmiy vakillari o‘z chiqishlarida ushbu mamlakatda raqamlashtirish, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish holati va istiqbollari bo‘yicha ma’lumot berishdi.

Stiv Voznyak Apple tarixi va rivojlanishi bo‘yicha axborot berib, innovatsiya va axborot texnologiyalarini rivojlantirishda muhandislar va dasturchilarni tayyorlashga katta e’tibor qaratishga chaqirdi.

“Innovatsiyalar ekotizimlarini bog‘lash: o‘sish uchun mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi davra suhbatida Sherzod Shermatov O‘zbekistonda AKT sohasining rivojlanish istiqbollari va strategiyasi bo‘yicha nutq so‘zladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring