“Qiyinchiliklar oldida sinmaslik va doim o‘sishni maqsad qilganim – bu mening yutug‘im bo‘ldi”

Ummatoy Yo‘ldasheva bugungi kunda xorijiy kompaniyalarda “product manager” sifatida faoliyat yuritayotgan, IT sohasida o‘z o‘rnini mustahkam topgan va o‘z yo‘li bilan yoshlar, ayniqsa qizlar uchun ilhom manbai bo‘lgan yetakchi shaxslardan biri.
Ummatoy dastlab IT sohasini “faqat erkaklar sohasi” deb o‘ylagan bo‘lsa-da, xalqaro konferensiyada qatnashganidan so‘ng o‘z imkoniyatlarini kashf etdi va bu sohada katta muvaffaqiyat sari yo‘l oldi.
Inha Universiteti bitiruvchisi sifatida Ummatoy faoliyatini kichik startaplardan boshladi, o‘z kompaniyasini yaratdi va bir nechta yirik grantlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunda u “Anora” loyihasini muvaffaqiyat bilan boshqarib, yosh qizlarga IT sohasida rivojlanish yo‘lini ko‘rsatmoqda va ularga o‘z bilimlari va tajribasi orqali yo‘l-yo‘riq bermoqda.
Qahramonimiz hikoyasi har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tish va o‘z yo‘nalishida muvaffaqiyatga erishishni xohlaganlar uchun ajoyib namunadir. Uning tajribasi haqida yanada ko‘proq bilish uchun intervyuni tomosha qiling.
To‘liq intervyu: https://www.youtube.com/watch?v=KNYfsMd4kNE
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter