Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshi shahridagi “For Each Soft” MChJ faoliyati bilan tanishildi

Qarshi shahridagi “For Each Soft” MChJ faoliyati bilan tanishildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qarshi shahrida joylashgan va 2015-yildan beri faoliyat yuritayotgan “For Each Soft” MChJ korxonasiga tashrif buyurdi.

Ushbu korxona dasturiy mahsulotlar va konsalting xizmatlari asosida Chexiya va Shvetsiya kompaniyalari bilan autsorsing yo‘nalishida hamkorlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda korxonada 5 ta yangi ish o‘rni yaratilib, milliy IT sohasini xalqaro miqyosda rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Vazir korxonaning imkoniyatlari, xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, uni kengaytirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Shuningdek, autsorsing xizmatlarini yanada kengaytirish, yangi xalqaro bozorlarni o‘zlashtirish va xizmat sifatini oshirish zarurligini ta’kidlandi.

Shu bilan birga, IT xizmatlarini eksport qilish nafaqat korxonaning o‘sishiga, balki mamlakatning raqamli iqtisodiyoti rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Korxonada yangi ish o‘rinlari yaratishni davom ettirish, xalqaro miqyosdagi mijozlar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ishlarni davom ettirish bo‘yicha takliflar berildi.

Shuningdek, vazir korxona qoshida 2024 yilning fevral oyida tashkil etilgan “For Each Soft” MChJ o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi. Ushbu markazda 100 dan ortiq yoshlar IT sohasining turli yo‘nalishlarida tahsil olgan. Markaz yosh mutaxassislarni zamonaviy IT ko‘nikmalari bilan ta’minlash, ularni xalqaro loyihalarga jalb qilish orqali milliy IT infratuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan.

Vazir o‘quv markazning kelajakdagi istiqbollari haqida ham suhbat olib borib, IT sohasidagi masofaviy xizmatlarni kengaytirish, yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish va ularning xalqaro loyihalarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha bir qator takliflar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring