Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Prospective Future Team” BPO markazi endi yanada ko‘proq yoshlarni ish bilan ta’minlaydi!

“Prospective Future Team” BPO markazi endi yanada ko‘proq yoshlarni ish bilan ta’minlaydi!

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida “Prospective Future Team” BPO markazi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida Sherzod Shermatov markaz faoliyatini samarali olib borish, kelgusida xizmatlar va mahsulotlar turlarini kengaytirish, yanada ko‘proq yoshlarni ish bilan qamrab olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Jumladan, Zero Risk dasturi bo‘yicha qo‘shimcha kamida 50 ta ishchi o‘rin yaratish va eksportni oshirish sharti bilan bo‘sh binoni ta’mirlab berishga kelishildi.

Aytish joizki, mazkur markaz AQShga logistika yo‘nalishida IT autsorsing asosida xizmatlar eksportini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bugungi kunda unda 50 ga yaqin yoshlar doimiy ish bilan ta’minlangan.

Vazir bilan uchrashuv davomida markazning kelgusidagi istiqbolli rejalari haqida fikr va mulohazalar almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring