Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalar vaziri Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasida ishtirok etdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasida ishtirok etdi

Ushbu nufuzli tadbirga turli davlatlar vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va ekspertlar kreativ iqtisodiyot sohasidagi global tendensiyalar va innovatsiyalarni muhokama qilish uchun to‘plandi.

Konferensiyada Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, texnologik ekotizimni kuchaytirish va IT sohasida innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar haqida ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, kreativ iqtisodiyotning ahamiyatini alohida ta’kidlab, uning iqtisodiy barqarorlikka va jamiyat rivojlanishiga qo‘shgan ulushi haqida gapirdi.

Raqamli texnologiyalar va kreativ iqtisodiyotning o‘zaro uyg‘unlashuvi mamlakatlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Innovatsion yechimlar va IT startaplar global bozorga chiqish imkoniyatini beradi, shuningdek, davlatlarning xalqaro arenadagi raqobatbardoshligini oshiradi.

Shuningdek, tadbir doirasida bo‘lib o‘tgan sessiya davomida davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi – fuqarolar uchun tez, samarali va shaffof xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, ta’lim va kadrlar tayyorlash – raqamli texnologiyalarni chuqur o‘rgangan, zamonaviy bilimlarga ega mutaxassislar tayyorlash va yangi ish o‘rinlari yaratish kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, iqtisodiyotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni tatbiq etish orqali samaradorlikni oshirish va investitsiyalar uchun qulay muhit yaratish, O‘zbekistonni raqamli texnologiyalar bo‘yicha global miqyosda tan olingan mamlakatlar qatoriga qo‘shish uchun xalqaro tajriba va loyihalarni joriy etish kabi mavzular ko‘rib chiqildi.

Tadbir ertaga, 4-oktabr kuni (CaEX majmuasida) ham davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring