Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozarbayjon bilan axborot texnologiyalari sohasida o‘zaro aloqalar kuchaytiriladi

Ozarbayjon bilan axborot texnologiyalari sohasida o‘zaro aloqalar kuchaytiriladi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “InMerge” innovatsion sammiti doirasida Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ikki mamlakat o‘rtasida AKT sohasida hamkorlik aloqalari holati va hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida elektron hukumat, telekommunikatsiya, kosmos, elektron hujjat almashinuvi va raqamlashtirish orqali savdo aloqalarini yanada jadallashtirishga kelishib olindi.

Shu maqsadda ikki vazirlik mutasaddi vakillari o‘rtasida ishchi guruh tuzildi va ishchi guruhga chuqur tahlillar asosida vazirliklar o‘rtasida yo‘l xaritasini ishlab chiqish va tasdiqlash belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring