Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Seeds for the future 2024” ta’lim loyihasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazildi

“Seeds for the future 2024” ta’lim loyihasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazildi

“Seeds for the future 2024” ta’lim loyihasi doirasida 14 mamlakatdan 150 nafar talaba O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 

Kecha, 11-avgust kuni Amity Tashkent Universitetida talabalar ishtirokida “Global village” madaniy dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, har bir mamlakatning milliy urf-odat va an’analari bilan tanishib, talabalar bilan muloqotda bo‘ldi.

“Seeds for the future 2024” ilg‘or texnologiyalar va yechimlarni o‘rganish bo‘yicha bir haftalik amaliyot bo‘lib, sohaning yetakchi mutaxassislari ishtiroki, shuningdek, har yili o‘tkaziladigan Tech4Good tanlovi va boshqa bir qator tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring