Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo talabalari uchun Huawei “Seeds for the Future 2024” ta’lim loyihasi yakunlandi

O‘zbekistonda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo talabalari uchun Huawei “Seeds for the Future 2024” ta’lim loyihasi yakunlandi

Toshkentda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari talabalari uchun Huawei “Seeds for the Future 2024” ta’lim dasturining yopilish marosimi, shuningdek, Tech4Good tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bir hafta davomida 14 mamlakatdan 150 nafar loyiha ishtirokchisi ilg‘or AKT texnologiyalarini o‘rganish, texnologik yetakchilik ko‘nikmalarini oshirish hamda jahon tendensiyalari bo‘yicha ma’ruza va muhokamalarda ishtirok etish uchun intensiv treningda qatnashdi.

Huawei kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va AyTi-ta’lim uyushmasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida “Seeds for the Future 2024” mintaqaviy dasturining tantanali yopilish marosimini o‘tkazdi. Marosimda O‘zbekiston AKT sektori vakillari, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi professor-o‘qituvchilari, O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalar vakillari, shuningdek, Huawei kompaniyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Yopilish marosimida Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Van Shunli, Pokiston Islom Respublikasi parlamenti a’zosi, Bosh vazirning ta’lim islohotlari bo‘yicha maslahatchisi Naushin Adnan ham ishtirok etdi.

Marosimda “Seeds for the Future 2024” dasturi doirasida har yili o‘tkaziladigan “Tech4Good” tanlovi g‘oliblari Quvaytning “Future Gadget Lab” jamoasi va Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) “Team Beyond Limits ” jamoasi taqdirlandi.  Jamoalar kelgusi yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan global finaldagi ishtirokini davom ettiradilar. Saudiya Arabistoni, Bahrayn va Ummon talabalarining loyihalari ham alohida ta’kidlandi.

Tech4Good tanlovi yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularni o‘z jamiyatlarida ijobiy o‘zgarishlar yaratishga jalb etishga qaratilgan. Ushbu noyob platforma yosh talabalarni eng yangi AKT texnologiyalarining ulkan salohiyatidan foydalangan holda dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilishga undaydi.

Talabalar Toshkent shahrida ilg‘or AKT texnologiyalari, ilmiy va texnologik yetakchilik, global mavzulardagi munozaralar, Tech4Good guruh loyihalari va boshqalar bo‘yicha intensiv treninglar va seminarlarda qatnashdilar. Ishtirokchilar 5G, sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalar, Wi-Fi 7 texnologiyalari haqida yaxshi tushunchaga ega bo‘ldilar. Shuningdek, talabalarga Huawei va Markaziy Osiyodagi yetakchi elektronika ishlab chiqaruvchi va O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Artel  kompaniyasiga tashrif buyurish va mutaxassislar bilan muloqot qilish imkoniyati berildi.

Sakkiz mahalliy universitetdan 15 nafar o‘zbekistonlik talaba: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkentdagi Amiti universiteti, “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Toshkent xalqaro ta’lim universiteti, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, Mirzo-Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari “Seeds for the Future 2024” loyihasida ishtirok etdi. So‘nggi to‘qqiz yil ichida o‘zbekistonlik 147 nafar talaba Huawei dasturi ishtirokchisiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘tgan yili “Tech4Good” tanlovining mintaqaviy g‘olibi “Aquatibia” loyihasi bilan O‘zbekiston jamoasi bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring