Navoiy viloyatida IT yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi
![Navoiy viloyatida IT yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi](https://ict.xabar.uz/static/crop/3/2/920__95_3231969041.jpg)
Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari O. Umarov Navoiy viloyatida IT yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrifning ilk manzili Navoiy shahrida tashkil etilgan “Collabrium Coworking” markazining ichki imkoniyatlari, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga ko‘rsatilayotgan IT xizmat turlari hamda ularni yanada kengaytirish orqali IT xizmatlar eksport hajmini oshirish bo‘yicha masalalar keng muhokama etildi.
Bundan tashqari, navoiylik yoshlarga IT ta’lim bilan bir qatorda ingliz tillarini mukammal o‘rgatib kelayotgan “IT and IELTS SCHOOL”” o‘quv markazining muvaffaqiyatlari bilan tanishilib, markazda yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida mutasaddilar tomonidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, Navoiy shahrida yangidan tashkil etilgan axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini qo‘llash orqali masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish va eksport (IT outsourcing) markazi “EMAL4U” MChJ QK faoliyati bilan ko‘zdan kechirildi. Markazning xizmat ko‘rsatish hajmi va geografiyasini kengaytirish hamda xizmat ko‘rsatish turlarini oshirish orqali yuqori maoshli ishchi o‘rinlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Tashrif davomida IT-Park Navoiy filialida yoshlarning startap loyihalari bilan tanishildi hamda ishlab chiqillayotgan loyihalarni yanada takomillashtirish va ommalashtirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsilar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter