Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘kdala tumanidagi yangi IT Park binosi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi

Ko‘kdala tumanidagi yangi IT Park binosi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi

Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida Ko‘kdala tumani markazidagi IT Park binosi bilan yaqindan tanishdi. Ushbu tashrif davomida vazirga Ko‘kdala tumani hokimi Xurram Jo‘rayev hamrohlik qildi.

Tashrif davomida vazirga “MAAB INNOVATION” MChJ bilan hamkorlikda tuman miqyosida amalga oshirilayotgan “Iqtidorli talaba yoshlarga IT sohasida bilim berish va ish bilan ta’minlashda ko‘maklashish” dasturi haqida ma’lumot berildi. 

Unga ko‘ra, dastur doirasida saralash test sinovlari o‘tkazilib, eng yaxshi natija ko‘rsatgan 22 nafar ishtirokchi bepul ta’lim dasturida o‘qitilmoqda. Hozirda IT Park binosida 17 nafar yoshlar uchun darslar gibrid formatda olib borilmoqda.

Shuningdek, vazir IT Park binosida faoliyatini yo‘lga qo‘ygan “NNT Express Inc” MChJ kompaniyasi bilan ham tanishdi. 

Hozirda kompaniya BPO jarayonlarini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu jarayonlarni samarali tashkil etish maqsadida zarur texnika vositalari bilan ta’minlangan.Shuningdek, tashrif davomida “New Team Development” MChJ faoliyati bilan ham tanishildi.

Hozirda markazda 700 nafardan ortiq yoshlar IT va ingliz tili yo‘nalishlarida ta’lim olib, ulardan 32 nafari ish bilan ta’minlangan. Bitiruvchilar tomonidan 3 ta startap loyiha amalga oshirilgani ham ta’kidlandi.

Vazir tashrif davomida IT markazda faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan suhbatlashib, yoshlarni IT  sohasida ta’lim berishda yanada samarali bo‘lish uchun bir qator tavsiyalar hamda IT Park binosini texnik kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring