Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hancom Academy ilg‘or IT-ta’limi O‘zbekistonda joriy etilmoqda

Hancom Academy ilg‘or IT-ta’limi O‘zbekistonda joriy etilmoqda

Foto: Digital.uz

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning ilg‘or raqamli ta’limini joriy qilish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligida Hancom Academy vakillari ishtirokida Anglashinuv memorandumi imzolandi.

Hancom Academy 2024-yilda Xorazm viloyatidagi Raqamli texnologiya o‘quv markazlarida 20 ta sinfxonalarni jihozlash orqali “smart sinfxonalar” (smart classroom)ni tashkil qiladi. 2027-yil oxiriga qadar mamlakatimiz bo‘ylab joylashgan Raqamli texnologiya o‘quv markazlarida “smart sinfxonalar”ni jihozlash rejalashtirilgan.

Ushbu sinfxonalarda sun’iy intellekt, ilovalarni ishlab chiqish, koreys tili va ingliz tili yo‘nalishlarida darslar Hancom Academyning malakali o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo‘yicha o‘qitiladi. Shuningdek, Hancom Academy tomonidan ishlab chiqilgan alohida o‘quv dasturi bo‘yicha mahalliy IT mentorlarining malakasi ham oshiriladi.

O‘quv dasturi O‘zbekiston va jahonda talab yuqori bo‘lgan va yuqori maoshga ega kasblarga yoshlarni o‘rgatishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv dasturi bitiruvchilari kelajakda o‘zlari ham dars berish ko‘nikmalarini qo‘lga kiritishadi.

Ma’lumot uchun: Hancom Group 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Koreya Respublikasida Microsoft Office o‘rnini bosa oladigan Hangul Korean Word dasturiy ta’minotini yaratish bilan tanilgan kompaniyadir.

Hancom Groupning sun’iy intellekt, dron va boshqa ilg‘or texnologiyalarni o‘qitishga ixtisoslashgan onlayn ta’lim platformasiga ega yirik IT akademiyasi — Hancom Academy sho‘’ba tashkiloti mavjud.

Ushbu IT-akademiya Koreya Respublikasida yirik kompaniyalar, xususan, Samsung Electronics, SK Telecom, KT, LG Electronics xodimlari hamda davlat xizmatchilari malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi, yirik universitetlar bilan hamkorlik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring