Janubiy Koreyaning “KOMSCO” kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreyaning “KOMSCO” kompaniyasi direktori Sung Chang Xun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida kompaniya direktori O‘zbekistonda IT sohasi jadal rivojlanayotganini yuqori baholadi.
O‘z navbatida, mehmonlar tomonidan taqdimot o‘tkazib, Koreyaning mobil milliy ID platformasi loyihasini taqdim etib, uning afzalliklari va tuzilishi hamda ushbu loyihaning Koreyada amalga oshirilishi tarixi haqida gapirdi.
O‘z navbatida vazir Sh.Shermatov Yagona integrator – UZINFOCOM loyihada hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Bundan tashqari, kelgusida bir qancha loyihalar doirasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, vazir Sh.Shermatov vazirlikning kelgusi yillardagi istiqbollari va rejalari haqida gapirib, asosiy maqsadlardan biri yosh mutaxassislar uchun yuqori maoshli ish o‘rinlari tashkil etish ekanligini ta’kidladi.
So‘ngra kompaniya direktori Sung Chang Xun kompaniya O‘zbekistonni doimo muhim hamkor deb bilishini qo‘shimcha qildi.
Yakunda tomonlar qo‘shma hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Shu bilan birga, mehmonlarga yurtimizda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, IT Park Uzbekistan rezidentlari uchun yaratilgan sharoitlar, soliq imtiyozlari haqida taqdimot o‘tkazildi. O‘z navbatida, Yagona integrator – UZINFOCOMga tashrif buyurib, loyihalar taqdimoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter