Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT sohasida yuqori daromad topish va yaxshi kompaniyada ishlash uchun xalqaro IT sertifikatga ega bo‘lish muhim rol o‘ynaydi.

IT sohasida yuqori daromad topish va yaxshi kompaniyada ishlash uchun xalqaro IT sertifikatga ega bo‘lish muhim rol o‘ynaydi.

“Coursera”ning Global Skills (ko‘nikmalar) hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston mehnat bozori uchun zaruriy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga eng ko‘p sarmoya kiritayotgan mamlakat etib belgilangan - batafsil ma’lumot shu yerda.

Bugungi kunda, "Coursera" platfromasining 1,4 million O‘zbekistonlik tinglovchisi bo‘lib, uning 50 foizini ayollar tashkil etadi.

Foydalanuvchilarning 90 foiz o‘quvchi va talabalar ulushiga to‘g‘ri keladi.

2024-yilda platformaning professional IT-sertifikat kurslarida o‘qish ko‘rsatikichi 206 foizga oshgan.

TOP Professional sertifikatlar: 

- Data Analytics;

- Cybersecurity;

- Project Management;

- Digital Marketing & E-commerce 

- UX Design

Eslatib o‘tamiz, agar Sizda B2 va undan yuqori chet tili sertifikatingiz bo‘lsa, Xalqaro darajadagi professional IT-sertifikat uchun o‘qish hamda sertifikat olish xarajatlaringiz to‘liq 100% miqdori davlat tomonidan qoplanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring