Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-sohasiga qiziqqan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan uchrashuv qanday o‘tdi?

IT-sohasiga qiziqqan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan uchrashuv qanday o‘tdi?

10-sentyabr kuni TATU universitetida IT-sohasiga qiziqqan xotin-qizlar uchun uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda muvaffaqiyatga erishib kelayotgan soha vakillari spiker sifatida ishtirok etdilar. Jumladan, Super Dispatch kompaniyasining Frontend dasturchisi Durdona Baxronova; Stenford universitetida 2-kurs talabasi Farangiz Murodiy; Beeline Uzbekistan kompaniyasining biznes-tahlilchisi Oftoboyim Tulyaganova. Tadbir bir nechta asosiy mavzularga bag‘ishlandi:

Xususan, ishtirokchilarga Stenford, Harvard kabi jahon miqyosidagi yetakchi universitetlarga kirish va 100 foiz grant asosida tahsil olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, yangi kasb tanlash va IT-sohasida muvaffaqiyatli karera qurish bo‘yicha foydali maslahatlar berildi. Ishtirokchilar kasb o‘zgartirish jarayonida qanday yo‘nalishlarni tanlash mumkinligi haqida o‘rgandilar.

Bundan tashqari, tadbir davomida dasturlash bilimlarini oshirish va IT-sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun hamjamiyatlarning qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida suhbatlar o‘tkazildi.

Tadbirda 60 dan ortiq qiz va ayollar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, Stenford universitetiga kirish va kasbni o‘zgartirib, IT-sohasiga kirish kabi mavzular tinglovchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ishtirokchilar nafaqat katta bilimlarga ega bo‘ldilar, balki o‘z sohasida hamfikrlar bilan aloqalar o‘rnatdilar.

Tadbir davomida spikerlar tomonidan xotin-qizlarning IT sohasida ta’lim olishlari uchun www.udemy.com, www.coursera.org, www.stepik.org kabi foydali havolalar ulashildi. 

Ushbu tadbir ishtirokchilarga IT sohasida yangi imkoniyatlar yaratishda va professional rivojlanishda yordam berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring