Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2024-yilning 2-choragida necha kishi IT sertifikatga kompensatsiya oldi?

2024-yilning 2-choragida necha kishi IT sertifikatga kompensatsiya oldi?

2022-yildan boshlab Xalqaro IT sertifikatni qo‘lga kiritgan 14 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga sarflagan xarajatlarining 50% gacha bo‘lgan qismi kompensatsiya shaklida to‘lab berilmoqda. 2023-yilda xalqaro IT sertifikatni qo‘lga kiritganlar soni ming nafarni tashkil qildi.

2024-yil 17-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 95-son qarorlariga muvofiq, endilikda IT sertifikatni olishga bo‘lgan xarajatlarining 60% gacha qismini kompensatsiya qilib olish mumkin. Agar xalqaro IT sertifikatga qo‘shimcha xalqaro til bilish sertifikati bo‘lsa, sarflangan xarajatlar 100% qaytib olish mumkin.

2024-yil 2-choragi davomida esa 300 nafarga yaqin yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar uchun sarf qilgan xarajatlari qoplab berildi. Shundan 94% erkaklar, 6% ayollarni tashkil qiladi.

20 nafar xalqaro IT-sertifikatga ega yoshlarning xarajatlari esa 100% qoplab berildi.

Sertifikat olgan yoshlar soni hududlar kesimida o‘rganilganda 1-o‘rinda Samarqand, 2-o‘rinda Navoiy va 3–o‘rinda Toshkent shahri ekanligi aniqlandi.

2024-yil 2-chorak natijalariga ko‘ra, Courserada o‘qiganlar ulushi ko‘proq bo‘ldi. Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Qwasar Silicon Walley sertifikati egallab turibdi. Bundan tashqari Cisco va Oracle sertifikatlari ham o‘zbekistonlik yoshlar orasida talabgir sertifikatlardandir.

Eng ko‘p qiziqish bildirilgan TOP-5 xalqaro IT-sertifikatlar esa quyidagilar:

Specialization Python 3Programming

Professional certification ’Frontend Developer (Meta)

Professional certification ’Backend Developer (Meta)

Specialization Microsoft 365 Fundamentals

Full Stack Development

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring