Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

iPhone foydalanuvchilari 92 dollardan tovon puli oladi

iPhone foydalanuvchilari 92 dollardan tovon puli oladi

Foto: Iphones.ru

Apple akkumulyator muammosidan aziyat chekkan iPhone foydalanuvchilariga tovon puli to‘lashni boshladi.

Apple batareyalari eskirgan smartfonlarning sekinlashib qolgani bilan bog‘liq kelishmovchilikni hal qilgan. Korporatsiya muammoni tan oldi. Endi kompensatsiya uchun kamida 310 million dollar, lekin 500 million dollardan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ sarflashi kerak.

IT-gigant ariza topshirgan Apple smartfonining har bir egasiga 25 dollardan berishi kerak edi. Biroq ArsTechnica mutaxassislari tovon miqdori deyarli to‘rt baravar - 92 dollargacha oshganini aniqladilar.

Jamoaviy da’volar anchadan beri ko‘rib chiqilmoqda. Apple smartfonlarining ayrim egalari kelishuv bitimiga qarshi chiqishgan. 2023 yil oxirida Apple brend reklamasidan zarar ko‘rgan foydalanuvchilarga tovon to‘lashga rozi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Murojaat qilgan gadjet egalari 30 dollar olishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring