Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Starlink sun’iy yo‘ldoshlari har kuni o‘zaro 42 Pb ma’lumot uzatmoqda

Starlink sun’iy yo‘ldoshlari har kuni o‘zaro 42 Pb ma’lumot uzatmoqda

Foto: PCMag

SpaceX kompaniyasining Starlink yo‘ldoshli internet tarmog‘i kuniga o‘zaro 42 mln Gb yoki 42 Pb ma’lumot uzatib, yangi texnologiya bosqichiga chiqdi.

Ushbu katta raqamlar minglab yo‘ldoshlardan iborat Starlink konstellyasiyasida lazerli aloqa tizimi qanchalik keng ko‘lamli va samarali ekanini tasdiqlaydi.

Bu ma’lumotlarni taqdim etgan SpaceX muhandisi Trevis Breshersning ta’kidlashicha, 9 mingdan ziyod lazerlardan foydalanilgani sababli tizim bir soniyada terabitlab ma’lumotlarni uzata oladi.

100 Gbit/soniyagacha tezlikka ega bu lazerli aloqa global qamrovni ta’minlab, SpaceXning quruqlikdagi stansiyalari mavjud bo‘lmagan hududlar, masalan, okeanlar va Antarktidada ham bog‘lanish imkonini beradi.

Tizim yo‘ldoshlararo tarmoqni shakllantirib, Yer orbitasi doirasida bir yo‘ldoshdan ikkinchisiga ma’lumot uzatish imkonini beradi va shu tariqa fazoda yuqori tezlikdagi mesh-tarmoqni hosil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring