Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gapira olmaydigan bemorlarning nutq qobiliyati tiklandi

Gapira olmaydigan bemorlarning nutq qobiliyati tiklandi

Foto: Gipermed

Amerikalik neyrobiolog, neyroxirurg va muhandislar hamkorlikda nutq protezi ishlab chiqishdi. U odamning miya signallarini ular aytmoqchi bo‘lgan narsaga aylantira oladi.

Yangi texnologiya nevrologik kasalliklar tufayli gapira olmaydigan odamlarga miya-kompyuter interfeysi yordamida muloqot qilish qobiliyatini tiklashga yordam beradi.

Ushbu loyiha uchun jamoa 256 ta mikroskopik miya sensorlarini pochta markasi o‘lchamidagi egiluvchan yelim vositaga joylashtirdilar. So‘ng implantlarni sinab ko‘rish uchun to‘rt nafar bemorni jalb qilishdi.

Ishtirokchilar bir qator ma’nosiz tovush birikmalarini eshitdilar va keyin har birini baland ovozda aytdilar. Qurilma har bir bemorning nutq motor korteksidagi faollikni qayd etib, lab, til, jag‘ va halqumni harakatga keltiruvchi yuzga yaqin mushaklar ishini muvofiqlashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring