Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rahbarlarning fikriga ko‘ra, sun’iy intellekt call-markazlardagi xodimlarning faoliyatini bir yil ichida o‘ldiradi

Rahbarlarning fikriga ko‘ra, sun’iy intellekt call-markazlardagi xodimlarning faoliyatini bir yil ichida o‘ldiradi

Foto: 3dnews

Sun’iy intellektning (SI) tobora kuchayib borishi bilan bir qator mutaxassisliklar yo‘qolib ketish xavfi ortib bormoqda. Bulardan biri, call-markaz xodimlaridir. Allaqachon, ba’zi kompaniyalar markaz xodimlarini generativ SI bilan almashtirmoqdalar va atigi bir yil ichida sanoat faqat sun’iy intellektga asoslangan chatbotlardan foydalanishi mumkin. Gartner  ma’lumotlariga ko‘ra, mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazi sanoati 2022 yilda taxminan 17 million kishini ish bilan ta’minlagan.

Kritivasanning so‘zlariga ko‘ra, SI call-markazlarga bo‘lgan ehtiyojni minimallashtirishga olib keladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya hali ishdan bo‘shatishlarni qayd etmagan bo‘lsa-da, ko‘pmillatli mijozlar generativ SIni joriy qila boshlaganida vaziyat tubdan o‘zgaradi va bu sohaga katta ta’sir ko‘rsatadi.

O‘tgan yili Hindiston kompaniyasining bosh direktori Duukan  qo‘llab-quvvatlash jamoasining 90 foizini ishdan bo‘shatgani va bu harakat xarajatlarni taxminan 85 foizga qisqartirganini aytdi.

O‘z navbatida, Kritivasan generativ sun’iy intellektning imkoniyatlari bo‘rttirilganligini va odamlar uning foydasini ortiqcha baholashini ta’kidlaydi. Uning fikricha, texnologiya umuman ish o‘rinlarini yo‘qotishga olib kelmaydi, chunki "texnologik qobiliyat nuqtai nazaridan" ko‘proq odamlar kerak bo‘ladi.

"SI odamlarga yordam beradi, ularning o‘rnini bosmaydi, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish yangi turdagi ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi" deb hisoblaydi ko‘pgina rahbarlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring