Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsiya hamda yangi texnologiyalarni boshqaruvga joriy qilish sohasida Koreya tajribasi

Innovatsiya hamda yangi texnologiyalarni boshqaruvga joriy qilish sohasida Koreya tajribasi

Foto: Digital.uz

Ayni kunlarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, vazirlik va idoralar vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Bugun Sonnam smart-shahriga tashrifda delegatsiya a’zolarini shahar hokimi Shin San Jin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda innovatsiya hamda yangi texnologiyalarni boshqaruvga joriy qilish sohasidagi o‘zaro hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shishi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari Shahar ma’lumotlarini integratsiyalash markazi hamda Davlat xizmatlari boshqarmasiga tashrif buyurdi.

Ma’lumot uchun, Sonnam shahri 2023-yilda “smart shahar” sertifikatiga  ega bo‘lgan. Smart-shaharlarni sertifikatlash jarayoni Koreyada 2021-yilda joriy qilingan. Bunda Sonnam shahri innovatsiyalar, boshqaruv tizimi hamda infrastruktura va xizmat ko‘rsatish texnologiyalari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni qayd qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring