Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyaning KAIST instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi  

Janubiy Koreyaning KAIST instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi   

Foto: Digital. uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov KAIST instituti Vitse-Prezidenti Yim Man-Sung bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda KAISTning ta’lim modeli va tizimi asosida oliy ta’lim hamda tadqiqot institutini tashkil etish uchun texnik-iqtisodiy asoslash tadqiqotini o‘tkazish muzokaralari o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: KAIST Koreyadagi birinchi va eng yaxshi fan va texnologiya universitetidir. Institut innovatsiyalar sohasida yetakchi sanaladi.

Shuningdek, KAISTning ta’lim modeli va tizimi asosida oliy ta’lim hamda tadqiqot institutini tashkil etish uchun texnik-iqtisodiy asoslash tadqiqotini o‘tkazish muzokaralar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishda hamkorlikda dasturlar amalga oshirish, IT ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shundan so‘ng vazir Sh. Shermatov ushbu universitetda o‘qiyotgan talabalar bilan ham suhbatlashdi hamda IT ta’lim sohasini chuqur o‘rganish, yurtimiz uchun sifatli kadrlar bo‘lib yetishish, shu bilan birga, ushbu ta’lim yo‘nalishlariga ko‘proq o‘zbekistonliklarni jalb qilishga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring