Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Energiya tashuvchi tanker

Energiya tashuvchi tanker

Foto: Techinsider.ru

Insoniyat toza energiya olishni o‘rgandi. Endi uni tashish masalasi ko‘ndalang turibdi. Masalan, shamol stansiyalarini olaylik. Dengiz shelfi shamollarning kuchi va barqarorligi nuqtai nazaridan ularni o‘rnatish uchun munosib joydir. Ammo qirg‘oqqa energiyani qanday yetkazib berish muammo bo‘ladi.

Yaponlarning PowerX startapi akkumulyatorli tanker konsepsiyasini ishlab chiqdi. U umumiy quvvati 241 MVt/s bo‘lgan 96 ta yirik lityum batareyalarni olib yuradi. Tankerning o‘zi ham elektr energiyasida ishlaydi va bir quvvatlanishda 300 km masofani bosib o‘tadi.

Kelasi yildan boshlab PowerX prototiplarini sinovdan o‘tkazadi, 2025 yildan esa toza energiyani tashish boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring