Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘zga zarar yetkazmaydigan monitor

Ko‘zga zarar yetkazmaydigan monitor

Foto: Ichip.ru

Li Xuang ismli 17 yashar yigit ko‘zga zarar yetkazmaydigan va energiya tejaydigan Eazeye monitorini yaratdi. Unda tabiiy yorug‘likdan foydalangan.

Elektron komponentlar stendda yashiringan. Yuqori blokda kitobga o‘xshash ochiladigan ikkita komponent mavjud. Asosiy qismda LCD panel, rangli filtrlar, diffuzerlar va quvvat zaxirasi uchun shaffof LED zonasi mavjud. Orqa tomonda tabiiy yorug‘likni LCD panelga yo‘naltiruvchi reflektor mavjud.

Lekin monitorni faqat kun davomida ishlatishingiz mumkin. Kechasi zaxira yoritishda ishlaydi.

Full HD piksellar soniga ega, 75 Gs chastotali, 24 dyuymli monitor atigi 5 Vt quvvat sarflaydi va taxminan 545 dollar turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring