Qimmat monitorlar bozorining yaqqol yetakchisi

Apple kompaniyasi qimmat monitorlar bozorining qariyb yakka ishtirokchisi va yetakchisiga aylandi, deb xabar berdi TechRadar.
Nashr jurnalistlari TrendForce kompaniyasining global monitorlar bozori hisobotiga asoslanib shunday yozishmoqda. Tahlillarga ko‘ra, premium segment, ya’ni 5K-monitorlar bozorida Apple mahsulotlari ulushi 90 foizga yetgan.
Boshqa brendlarga nima bo‘ldi, degan savolga javob shunday: narxi qimmatligi uchun ularga talab kam.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har oy jahon bozoriga 20-30 mingta atrofida 5K-monitorlar yetkazib beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter