Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

CAU Tech Summit 2025: O‘zbekistonning raqamli kelajagi — dunyo yetakchilari nigohida!

CAU Tech Summit 2025: O‘zbekistonning raqamli kelajagi — dunyo yetakchilari nigohida!

Central Asian Universityda yilning eng katta texnologik anjumani — CAU Tech Summit 2025 bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yirik tadbir IT, innovatsiya va tadbirkorlik sohasidagi yetakchi mutaxassislarni, talabalar, startapchilar, investorlar hamda xalqaro kompaniyalar vakillarini bir joyga jamladi.

Sammit doirasida O‘zbekistonning raqamli ta’lim yo‘nalishidagi yutuqlari va kelgusi rejalari keng jamoatchilikka taqdim etildi. Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari o‘z nutqida "O‘zbekiston — 2030" strategiyasi doirasidagi asosiy maqsadlarni sanab o‘tdi:

  • 300 000 nafar yoshlarni IT ta’lim loyihalari orqali o‘qitish;
  • 10 000 dan ortiq IT kompaniyalarni shakllantirish;
  • har yili 50 000 maktab bitiruvchisini IT sohasi bilan bog‘lash;
  • 1 million yoshni xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlash;
  • 50 000 nafar yoshni xalqaro professional IT sertifikatlari bilan ta’minlash.

Ushbu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston raqamli ekotizimining jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi va mamlakatni global texnologik markazlardan biriga aylantirish sari tashlanayotgan muhim qadamlardir.

Sammitning eng kutilgan va yodda qoladigan voqealaridan biri — “Apple” kompaniyasi asoschilaridan biri Stiv Voznyakning eksklyuziv ma’ruzasi bo‘ldi. Uning O‘zbekistonga ilk tashrifi nafaqat yurtimiz, balki butun Markaziy Osiyo uchun muhim voqea sifatida baholandi.

Bu tashrif orqali O‘zbekistonning IT sohasidagi salohiyati va global texnologik xaritadagi o‘rni tobora mustahkamlanayotganini yaqqol ko‘rish mumkin bo‘ldi.

O‘zbekiston global texnologik maydonga chiqishida CAU Tech Summit 2025 navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring