Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aqlli oyna siz haqingizda hamma narsani bilib oladi

Aqlli oyna siz haqingizda hamma narsani bilib oladi

Foto: Hi-tech.mail.ru

CES 2024 xalqaro texnologiya ko‘rgazmasi doirasida NuraLogix kompaniyasi bir necha soniya ichida sog‘ligingiz haqida hamma narsani aytib beradigan Anura MagicMirror aqlli oynasini chiqardi.

Anura MagicMirror - bu bir nechta sensorlar va sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlaydigan 21,5 dyuymli stol usti oynasi. 30 soniya ichida qurilma odamning yuzini skanerlashi va butun tanadagi qon oqimini tahlil qilishi mumkin, shunda foydalanuvchi quyidagilarni bilib oladi:

- Qon bosimingiz me’yordami?

- Yurak-qon tomir tizimi va o‘pkada muammo yo‘qmi?

- Teri yetarlicha oziqlanyaptimi yoki unga parvarishni o‘zgartirish kerakmi?

- Depressiya xavfi bormi?

- Qandli diabetga qanchalik moyilsiz?

Ishlab chiqaruvchi ko‘zgu jami yuzdan ortiq ko‘rsatkichlarni tahlil qilishi mumkinligini va’da qilmoqda.

Oynadan turli odamlar foydalanishi mumkin, bu esa gadjetni jamoat joylarida ishlatish uchun ayni muddao. G‘oya mualliflari ularning ko‘zgulari savdo markazlari, sport zallari va poliklinikalarga mos tushishini kutishmoqda. Oyna foydalanuvchisi o‘zi haqida hech qanday ma’lumot berishi shart emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring