Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu texnologiya yordamida barcha qurilmalar suvda ishlay oladi

Bu texnologiya yordamida barcha qurilmalar suvda ishlay oladi

Foto: techspot.com

Qo‘shma Shtatlarda, CES 2024 ko‘rgazmasida HZO suv ostidagi elektronikani himoya qilish uchun polimer plyonkani taqdim etdi. Texnologiya suv ostida har qanday elektronika, jumladan, kompyuterlardan to‘liq foydalanish imkonini beradi.

Aniqlik uchun HZO vakillari Raspberry Pi yagona platali kompyuterini shaffof suv idishiga joylashtirdilar va keyin qurilmani elektrga uladilar. Kompyuter hech narsa bo‘lmagandek suvda normal ishladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uskunani qoplash uchun erituvchilar va kislotalarga chidamli, yaxshi dielektrik va to‘siqlik xususiyatlariga ega bo‘lgan polimer termoplastik parilen ishlatilgan. Parilen kompyuterga molekulyar darajada vakuum yotqizish orqali qo‘llanilgan.

Bu ancha mehnat talab qiladigan jarayon. Kichkina Raspberry Pi ni qoplash uchun taxminan 15 soat vaqt kerak bo‘ldi, ammo material uskunani suv o‘tkazmaydigan qilib qo‘yadi, shu jumladan mikro qismlarni ham, uzoq vaqt davomida yaxshi himoya qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring