Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telegraf ustuniga chiqib jon saqlagan inson — hozir prezident

Telegraf ustuniga chiqib jon saqlagan inson — hozir prezident

Sauli Niinistyo (chapda) va Mons Selmerlyov.

Foto: Google

2004-yil dekabrida Hind okeanida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida insoniyat tarixida eng ko‘p o‘limga sabab bo‘lgan sunami qo‘zg‘aladi.

Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 225 mingdan 300 minggacha odam halok bo‘lgan. Halokat qurbonlarining aniq soni ma’lum emas, chunki juda ko‘pchilikni ummon o‘z qa’riga tortib ketgandi.

Tabiiy ofat oqibatida yuzaga kelgan energiya hatto Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish tezligiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Sutkalar 2,68 millisekundgacha qisqargan.

Sunami umumiy energiyasi, trotilga qiyoslanganda, besh megatonna (20 petajoul)ni tashkil etgan. Bu Ikkinchi jahon urushida qo‘llanilgan jami jangovar snaryadlar (jumladan, Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalari ham ichida) kuchidan ikki baravar ziyodroq.

Shri-Lanka janubi-g‘arbida balandligi 7–9 metr keladigan to‘lqin qirg‘oq yaqinida turgan yo‘lovchilar bilan to‘la “Samudra Devi” poyezdiga borib urilishi oqibatida taxminan 1 700 kishi halok bo‘lgan — bu insoniyat tarixidagi eng yirik temiryo‘l fojiasi sanaladi.

O‘sha falokatda omon qolganlar orasida fin Sauli Niinistyo (u Tailandda o‘g‘li bilan telegraf ustuniga chiqib olgan) va shved Mons Selmerlyov ham bo‘lgan.

Selmerlyov 2015-yilda Yevrovideniyeda g‘olib bo‘ladi, Niinistyo esa 12 yil avval — 2012-yilning 1-martida Finlyandiya prezidentligiga saylangan (hozir ham ushbu lavozimda faoliyat yuritmoqda).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring