Prezidentlar kelgusi uch yilga O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sherikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini shakllantirish muhimligini ta’kidladilar
Muzokaralar chog‘ida kelgusi 3 yil uchun O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sherikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari buni “Ikki mamlakatning yuqori texnologiyali va innovatsion hamkorligining yangi davri” deb e’lon qilish tashabbusi bilan chiqdi.
Shu munosabat bilan hukumatlarga O‘zbekistonda mintaqaviy yuqori texnologik xab yaratish bo‘yicha strategik dasturni tayyorlash topshirildi.
Davlatimiz rahbari "Elektron hukumat"ni rivojlantirishda, "Raqamli O‘zbekiston" strategiyasini ishlab chiqishda, IT Park salohiyatini mustahkamlashda va "U-Enter" biznes inkubatorlarini yaratishda Koreya tomonining katta hissasini qayd etdi.
Bu borada tomonlar sun’iy intellekt, biznes jarayonlarini autsorsing qilish va raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter