Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Markaziy Osiyodagi eng yirik texnoparklar birlashmasi - "Central Asian Innovation Hubs" faoliyati bilan tanishdilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Markaziy Osiyodagi eng yirik texnoparklar birlashmasi -

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev birgalikda "AlmatyFair.ai" raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar.

Davlat rahbarlariga mazkur sohalardagi ilg‘or yechimlar va innovatsion ishlanmalar haqida axborot berildi.

Qozog‘iston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilayotgan "Alem.ai" sun’iy intellekt markazining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Alem.ai - sun’iy intellekt sohasida mutaxassislarni o‘qitish, startaplarni ishga tushirish va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun platforma.

Yetakchilar Markaziy Osiyodagi eng yirik texnoparklar birlashmasi - "Central Asian Innovation Hubs" ("Astana Hub" va "IT Park Uzbekistan") faoliyati bilan ham tanishdilar.

Prezidentlar raqamlashtirish sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma IT mahsulotlarini yaratish, sun’iy intellekt va ilg‘or axborot texnologiyalari sohasidagi milliy strategiyalarni o‘zaro bog‘lash muhimligini ta’kidladilar.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring