Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Mask: 2026-yilga borib 1000 dan ortiq odam Neuralink miya chiplari bilan yuradi

Ilon Mask: 2026-yilga borib 1000 dan ortiq odam Neuralink miya chiplari bilan yuradi

Foto: Ferra

Ilon Maskning aytishicha, Neuralink 2026-yilgacha 1000 dan ortiq bemorga miya chiplarini implantatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu ulkan maqsad 11-iyul kuni X.com platformasida e’lon qilindi.

Texnologiya allaqachon odamlar hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Neuralinkdan implant olgan birinchi odam Noland Arbo o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Ilgari falaj bo‘lgan, endi u qurilmalardan foydalanishi va hatto video o‘yinlar o‘ynashi mumkin.

Ish bor joyda kamchilik bo‘ladi, deyilganidek, may oyida Arboning miyasidagi simlardan biri joyidan siljidi. Shunga qaramay, Neuralink vakili chip hozirda barqaror ekanligiga ishontirdi.

Neuralink  texnologiyasi miyaning tabiiy signallari tezligidan yuqori bo‘lgan fikrlar yordamida oyoq-qo‘llarini boshqarishga imkon beradi.

Mask buni yanada global maqsad — sun’iy intellekt rivojlanishi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish uchun odamlar va sun’iy intellekt o‘rtasida simbioz yaratish deb biladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring